Buxoro viloyati, Peshku tumani

13-son bolalar musiqa va san'at maktabi

13-son Bolalar musiqa maktabi 1979 yil Peshku tuman Yangibozor MFY O‘zbekiston ko‘chasida tashkil etilgan. 2011 yildan beri bolalar musiqa va san’at maktabi deb faoliyat yuritadi.

Maktabda 10 ta yo‘nalish bo‘yicha 164 nafar o‘quvchilarga 25 nafar o‘qituvchi mutaxassislar dars berib kelmoqdalar. Maktab musiqa va san’at yo‘nalishida bolalarga bilim berish faoliyati bilan shug‘illanadi. Maktabning iqtidorli o‘quvchilari Tuman, Viloyat, Respublika va Xalqaro ko‘rik tanlovlarda ishtirok etib, yuqori yutuqlarga erishib kelmoqda.

img
img img
img img img

Maktab rahbariyati

Bokulov Xoshim Ramazonovich

Peshku tuman 13-son Bolalar musiqa va san’at maktabi raxbari

1963 yil 30-avgustda Buxoro viloyat Peshku tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti Oliy.
1985 yil Buxoro davlat Pedagogika Institutini Musiqa va ashula mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Goyibov Yokubjon Tolibovich

O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari

1988-yil 6-dekabrda Buxoro viloyat Peshku tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti Oliy.
2012 yil O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Cholg‘u ijrochiligi (Xalq cholg‘ulari) mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

1979 yilda tashkil topgan Maktabning bugungi kundagi binosi yangidan qurilib, 2012-yilning oktyabr oyida foydalanishga topshirilgan.

Muassasada 200 o‘rinli faollar zali, kutubxona va 24 ta o‘quv xonalari mavjud.

Maktab kutubxonasida 1400 dan ziyod musiqiy adabiyotlar va notalar fondi jamlangan.